21:27 / 19.06.2016
4658

Rosberg "Formula-1" poygasining Bokudagi bosqichining birinchi g‘olibi sifatida tarixga kirdi

"Formula-1" poygasining "Mersedes" jamoasi poygachisi, nemis Niko Rosberg poyganing 8-bosqichi – Bokuda o‘tgan Yevropa Gran-prisining birinchi g‘olibi sifatida tarixga kirdi.

2-o‘rinni "Ferrari" a'zosi Sebastyan Fettel egalladi. Marraga uchinchi bo‘lib " Fors Indiya" jamoasi a'zosi, meskikalik Serxio Peres yetib keldi.

"Toro Rosso" a'zosi, rossiyalik Daniil Kvyat poygani oltinchi bo‘lib boshladi, biroq podveskasi buzilgani sababli poygadan chiqib ketdi. Kvyatning jamoadoshi Karlos Sayns ham marraga yetib kela olmadi.

Poyganing keyingi bosqichi 1-3 iyul kunlari Avstriyada bo‘lib o‘tadi.

Formula-1. Yevropa Gran-prisi 

1. Niko Rosberg ("Mersedes") — 1:32:52.366
2. Sebastyan Fettel ("Ferrari") +16.696
3. Serxio Peres ("Fors Indiya") +25.241
4. Kimi Raykkonen ("Ferrari") +33.102
5. Lyuis Xemilton ("Mersedes") +56.335
6. Valtteri Bottas ("Uilyams") +1:00.886
7. Daniel Rikkardo ("Red Bull") +1:09.229
8. Maks Ferstappen ("Red Bull") +1:10.696
9. Niko Xyulkenberg ("Fors Indiya") +1:17.708
10. Felipe Massa ("Uilyams") +1:25.375
11. Jyenson Batton ("Maklaren") +1:44.817
12. Felipe Nasr ("Zauber") +1 aylana
13. Romen Grojan ("Xaas") +1 aylana
14. Kevin Magnussen ("Reno") +1 aylana
15. Jolion Palmer ("Reno") +1 aylana
16. Esteban Guterres ("Xaas") +1 aylana
17. Markus Eriksson ("Zauber") +1 aylana
18. Rio Xarianto ("Manor") +2 aylana
Fernando Alonso ("Maklaren") — marraga yetib kelmadi
Paskal Verlyayn ("Manor") — marraga yetib kelmadi
Kichik Karlos Sayns ("Toro Rosso") — marraga yetib kelmadi
Daniil Kvyat ("Toro Rosso") — marraga yetib kelmadi.

Top