16:52 / 20.06.2016
12367

AvtoVAZ VAZ-2101ning ikkinchi avlodini ishlab chiqarmoqchi

"AvtoVAZ"dan tarqalgan norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, bir vaqtlar ko‘pchilik avtoixlosmandlarining ishonchiga sazovor bo‘lgan va xalq orasida «kopeyka» nomi bilan mashhur bo‘lgan modelning ikkinchi avlodi ustida ish olib borilishi mumkin. 

Bu xabar, kutilmaganda, AvtoVAZ rahbariyatining yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlaridan birida oshkor bo‘lgan. Majlisda zavodning 50 yillik tarixi munosabati bilan joriy modellarning yubiley sonlarini ishlab chiqish masalasi muhokama etilgan. 

Ushbu yig‘ilishda, yosh dizaynerlar va konstruktorlar guruhi tashabbus ko‘rsatgan holda, VAZ-2101 modeli qiyofasida yangi model chizmasini namoyish etishgan. Mish-mishlarga ko‘ra, loyihani VAZning bosh dizayneri ham qo‘llab-quvvatlagan. 

Umuman olganda, g‘oya yangilik emas. Turli vaqtlarda, ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining klassik namunalariga qaytishgan. Ba'zan bu holat, ularga yangi hayot baxsh etgan va muvaffaqiyat keltirgan.

Top