10:21 / 20.06.2016
8847

Fransiya - Shveytsariya o‘yini vaqtida 4 futbolchining futbolkasi yirtilib ketdi

20 iyunga o‘tar kechasi Yevro—2016 guruh bosqichi doirasida «A» guruhida 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Fransiya va Shveytsariya uchrashuvida hisob ochilmadi.

Lekin o‘yin shiddatli kechdi va Shveytsariya termasi a'zolarining 4 nafari futbolkasi yirtilib ketgani tufayli zaxirada turgan yangi liboslarni kiyib o‘yinni davom ettirishga majbur bo‘ldi. Xususan, jamoa yetakchisi Granit Chaka, hujumchi Admir Mehmedi, yarimhimoyachi Blerim Jyemaili va yosh hujumchi Brel Embolo o‘yin vaqtida noqulay holatga tushib qolishdi.

Ma'lumot uchun, Shveytsariya terma jamoasi liboslari Puma kompaniyasi tomonidan tayyorlangandi.

Bu uchrashuv vaqtida Yevro—2016 ning rasmiy to‘pi — Adidas tomonidan tayyorlangan to‘p ham yorilib, yaroqsiz ahvolga kelib qoldi. O‘yinning 61-daqiqasida fransuzlar vakili Antuan Grizmann to‘pni olib ketayotgan vaqtda Valon Behrami uning oyog‘i ostiga tashlangan va to‘p ikki o‘rtada qolib ketgandi.

Top