14:46 / 20.06.2016
4219

LG X-seriyali smartfonlarning yangi modellarini taqdim qildi

X Power va X Style smartfonlari premial funksiyalarni hamyonbop narxda taklif qilmoqda.

LG Electronics (LG) kompaniyasi G-seriyali va LGV10 flagman qurilmalariga xos xususiyatlarni o‘zida jamlagan ikkita yangi X-seriyali  smartfonini taqdim etdi. LGX power va X style, X cam va X view bilan birgalikda premial funksiyalarga ega o‘rtacha narx segmentidagi LG modellari qatorini to‘ldiradi. Yangi smartfonlarning sotuvi shu oyning oxirida butun dunyo bo‘ylab turli mamlakatlarda yo‘lga qo‘yiladi.

X-seriyadagi har bir yangi qurilma muayyan talablarga yoki foydalanuvchilarning qizqiqishiga javob beruvchi o‘ziga xos xususiyatga ega, masalan, batareyaning oshirilgan quvvati yoki ajoyib dizayn. 
Bejirim korpusli X power eniga atigi 7.9 mm bo‘lib, akkumulyatorning davomli ishlashi zarur bo‘lgan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. 4,100mA/ch’li batareya bilan ta'minlangan smartfon bir marta quvvat olgandan keyin uzoq ishlaydi. Tez quvvatlanuvchi texnologiyali X power boshqa smartfonlardan ikki barobar tezroq quvvat oladi. 
X style - egilgan liniyalari va juda yupqa – 6,9 mm korpusga ega bejirim dizayni bilan ajralib turadi, smartfon qo‘lda olib yurish uchun qulay, u sizning zamonaviy  obrazingizni to‘ldirib turadi.  LG Xstyle “Avtos'yomka” rejimini qo‘llaydi: smartfonning frontal kamerasi yuz sohasini topganidan so‘ng avtomatik tarzda ishga tushadi. Ushbu rejim yordamida selfi qilish ancha qulay va oson, suratlar esa yanada tabiiy chiqadi. 
 

Top