19:48 / 20.06.2016
4362

Manba: «Lokomotiv»ning transfer byudjyeti miqdori 0 rubl

Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi yozgi transferlar vaqtida faqat erkin agent maqomidagi futbolchilarni tarkibga qabul qilishi mumkin. Ayni vaqtda jamoada transferlar uchun mablag‘ ajratilmagan. Bu haqda sport_inside tvitter sahifasi ma'lumot tarqatgan.

«Temiryo‘lchilar» markaziy hujumchi va markaziy himoyachiga muhtoj. Lekin jamoaning transfer byudjyeti 0 rublga teng.

Bundan oldinroq, «Lokomotiv» xorvatiyalik himoyachisi Yan Dyuritsa va hujumchi Rifat Jyemaletdinov bilan shartnomani uzaytira olmagani ma'lum bo‘lgandi.

Ma'lumot uchun, Igorya Cherevchenko bosh murabbiyligidagi jamoa o‘tgan mavsumda turnirda 6-o‘rinni egalladi. Mavsumning oxirgi 8 turida moskvaliklar jamoasi 2ta g‘alaba, 2ta mag‘lubiyat va 3ta durang qayd etgan.

«Lokomotiv»ning muxlislar bilan ishlash bo‘yicha direktori Marsel shahridagi tartibsizliklarda ishtirok etgani uchun 2 yillik qamoq jazosi bilan jazolangan.

Manba: Tribuna.uz

Top