10:31 / 20.06.2016
7992

Yuqori aniqlikdagi DNK tasvirlari taqdim etildi

Genetiklar ikkala ipning yupqa tuzilishini o‘rganishga yordam beruvchi  yangi DNK ko‘rish texnologiyasini ishlab chiqishdi.  Endi olimlar DNK tekshiruvi qanday oqibatlarga olib kelishi va ichki hujayradagi jarayonlar genlar aktivligiga qanday ta'sir ko‘rsatishini tushuna olish imkoniga ega bo‘lishdi. Maqola Optica jurnalida chop etildi.

Uslub bir molekulali mikroskopiya texnikasiga asoslangan. Mazkur texnika DNK iplariga o‘rnatilgan florasan bo‘yoqlarining zarralar yo‘nalishi va o‘rnini aniqlash hisobiga alohida molekulalarni ko‘rishga imkon beradi.                

DNK ipi juda uzun bo‘lib, uning qalinligi bir necha nanometrni tashkil etadi. Uning suratini olish uchun hiyla ishlatishga to‘g‘ri keladi. DNKning o‘zini emas, nuklein kislotaga biriktirilgan florasan molekulalarning yorqin rangini tasavvur etish mumkin. Bu holatda molekulalar yo‘nalishi azotli asoslarning ichki tuzilishini o‘rganishiga yordam beradi. Biroq hanuz bo‘yoqlar qanday yo‘naltirilganini tushunish qiyinchilik tug‘dirmoqda. 

Bu muammoni hal etish uchun olimlar elektrooptik modulyatorga ega bir molekulali mikroskopdan foydalanishdi. Bu qurilma bo‘yoq molekulasini yoritib turuvchi lazer nuri polyarizatsiyasini o‘zgartiradi. Elekromagnit to‘lqin yo‘nalishiga mos kelgan zarrachalar yo‘nalishi ko‘proq yorqin rang hosil qiladi. Mikroskop har safar polyarizatsiyani o‘zgartirgan holda ko‘p kadrlarni suratga oladi. Natijada bir muayyan holda ma'lum  molekulalar yorqin bo‘ladi, boshqalari — kamroq. Albatta, bu faqat DNK yuzasiga birikib olgan bo‘yoq zarrachalariga tegishli. Umuman olganda, bu ikki spiralning qarama-qarshi suratini olishga imkon beradi.

Tadqiqotchilar o‘z texnologiyalarini  amalga oshirishda  interkalato‘rli bo‘yoqlardan foydalanishdi. Birgina rasm 300 ming florasan moddasi bo‘yoqlari yordamida olindi va  30 mingga yaqin kadr esa taxminan 13 daqiqada tasvirga olindi.  
 

Top