16:49 / 21.06.2016
4971

«Barselona»: Neymar bilan shartnoma uzaytirilishiga uning otasi to‘sqinlik qilmoqda

«Barselona» jamoasi rahbariyatining hisoblashicha, Neymarning otasi o‘g‘lining jamoa bilan shartnomasini uzaytirishiga qarshilik ko‘rsatmoqda.

Klub futbolchi bilan shartnomani 2022 yilgacha uzaytirmoqchi. Lekin Neymarning otasi vaziyatga aralashib, jamoaga o‘z talablarini qo‘ymoqda.

Tomonlar Neymarga «Real», «Manchester Yunayted» va «PSJ» tomonidan qiziqish mavjudligidan yaxshi xabardor.

Bu jamoalar kataloniyaliklar klubining futbolchiga hozirda to‘layotgan maoshidan ancha katta miqdordagi pullarni to‘lashga tayyor. 

«Barselona» futbolchiga katta miqdordagi maosh to‘lay olmasligini tan olmoqda.

Bu vaqtda madridliklar 24 yoshli bu braziliyalikka yiliga 15 million yevrodan to‘lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Parijliklar Neymarga yiliga 18,5 million yevrodan maosh to‘lamoqchi, bu miqdor bonuslar hisobiga yiliga 28 million yevroni tashkil qilishi ham mumkin.

Manchesterliklar esa hujumchini o‘z safiga jalb qilish uchun unga 17 million yevro miqdoridagi yillik maosh tayinlashga tayyor.

«Barselona» esa hozirgacha futbolchiga yiliga 9 million yevro to‘lab kelmoqda va yangi shartnomada bu miqdor 14 million yevroga yetkazilishi mumkin.

Bundan oldinroq jamoa Neymardan boylik va baxtiyorlikdan birini tanlashni so‘ragandi. 

Neymarning «Barselona» bilan amaldagi shartnomas 2018 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Top