18:22 / 21.06.2016
3362

Tsipras: "2015 yili grek dengizchilari 170 ming muhojirning hayotini saqlab qolishdi"

Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsiprasning bayonot berishicha, grek dengizchilari 2015 yili O‘rta yer dengizida 170 ming muhojirni qutqarib qolgan. U, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bilan o‘tkazgan muzokaralar yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qilgan.

"Biz 170 muhojirni qutqardik, mamlakatni kesib o‘ta olmay, Gretsiyada qolgan 60 ming nafar odamga boshpana berdik", - degan Tsipras. 

Ulardan 50 mingdan ortig‘i mamlakatning materik qismida tashkil etilgan muhojirlarni qabul qilish markazlariga joylashtirilgan. 

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, YeI muhojirlik muammosining "gumanitar va birdamlikka asoslangan" yechimini topishi kerak.

Top