17:37 / 21.06.2016
9524

Hindiston va Pokistonning ShHTga a'zo bo‘lishi shartlari ma'lum qilindi

Shanxay hamkorlik tashkilotining yangi a'zolari, tashkilotning normativ hujjatlariga so‘zsiz qo‘shilishlari kerak, degan ShHT sobiq bosh kotibi, senator Dmitriy Mezentsev. 

Ma'lumki, ShHTning 23-24 iyun kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan yubiley sammitida Hindiston va Pokiston davlatlarining tashkilotga teng huquqli a'zo bo‘lishiga oid memorandumlar imzolanishi kutilyapti. Bu qaror ShHTning o‘tgan yili Rossiyaning Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi anjumanida qabul qilingan edi. 

Mezentsevning qayd etishicha, Hindiston va Pokiston ShHTning 32ta normativ hujjatiga so‘zsiz qo‘shilsagina, tashkilotning teng huquqli a'zosi bo‘la oladi. Ularning ayrimlari, milliy qonun maqomiga ham ega. Shu bois, senatorning aytishicha, ushbu ikki davlatning tashkilot tuzilmasiga qo‘shilishida mazkur holat muhim ahamiyatga ega.

Top