13:58 / 21.06.2016
6573

Italiya mafiyasi o‘rmon yong‘inlarini tashkillashtirishda gumon qilinmoqda

Italiya hukumati mafiyani Sitsiliyada ommaviy yong‘inlarni tashkillashtirishda gumon qilmoqda. Bu haqida The Independent nashri xabar berdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, huquqni muhofaza qilish organlari jinoyatchilarni mushuklarga benzinga botirilgan lattalarni boylab, ularni o‘rmonga chiqarib yuborishda gumon qilishmoqda. 

"Hozircha bizda bunga aniq dalil yo‘q, ammo biz bu yong‘inlar ortida jinoiy manfaatlar borligini taxmin qilyapmiz", - deya ma'lum qildi Sitsiliya gubernatori Rozario Krochetta.

Nashrning ma'lum qilishicha, yaqinda mafiya YeI tabiat fondlarini aldab millionlab yevro ishlaydigan uyushgan jinoyatchilar bilan kurashuvchi milliy xiyobon direktori Nebrodi Juzeppe Antochining hayotiga suiqasd qilgan.

Antochining yong‘inlar o‘z-o‘zidan chiqmaganiga ishonchi komil. Shuningdek u ba'zi kimsalar aynan yong‘in chiqqan joylarda uylar va villalar qurish uchun kurashayotgani tasodifiy emas, deb hisoblaydi.

Top