21:25 / 21.06.2016
4825

Karlo Anchelotti «Bavariya»murabbiylari shtabiga o‘g‘lini ham kiritdi

Anchelottining o‘g‘li «Bavariya»da jismoniy tayyorgarlikka javob beradi

«Bavariya» klubining yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti murabbiylar shtabini shakllantirib bo‘lgan.

Uning shtabida uzoq yillik yordamchisi Pol Klement bo‘ladi. U Anchelotti bilan «Chelsi», «Real» va «PSJ»da birga ishlagan. U 2015 yili «Derbi Kaunti»ni boshqara boshlagan, 2016 yilning fevralida jamoani tark etgandi.

Shuningdek, klub shtabida Herman Herland ham qoladi. U Gvardiola, Xaynkes va Lui van Gaal vaqtida ham klubda bo‘lgan.

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylikka Jovanni Mauri tayinlanadi. U «PSJ»da Anchelottiga yordamchi bo‘lgan. Bundan tashqari, otasi bilan «Real»da birga ishlagan Davide Anchelotti ham shtabga kiritiladi.

Top