14:02 / 21.06.2016
5140

Tojikiston mamlakat energetika quvvatini 3 baravar oshirmoqchi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2030-yilgacha mamlakatning energetika salohiyatini yiliga 17 mlrddan 45 milliard kilovatt-soatga  yetkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilyapti davlat rahbari matbuot xizmati. 

Prezident Rahmon Tojikistonni rivojlantirish milliy kengashi yig‘ilishida qilgan ma'ruzasida, o‘tgan yillarda bajarilgan ishlar xususida fikr bildirib, mamlakatni 2030 yilgacha rivojlantirish dasturiga to‘xtalib o‘tgan. Davlat rahbari, ekologik jihatdan toza elektr energiyasini qo‘shni davlatlarga eksport qilish hajmini mintaqaviy elektr uzatish tarmoqlari, xususan CASA-1000 loyihasi vositasida 10 mlrd kV-soatga yetkazish rejasini bildirgan. 

Tojikiston rahbari shuningdek, mamlakatdagi qashshoqlik darajasini 2 baravardan ko‘pga qisqartirish hamda o‘rta toifa ulushini hozirgi 22 foizdan 50 foizga yetkazish, respublika YaIMda xususiy sarmoya hissasini 5 foizdan 25 foizga chiqarish borasida fikrlarini bildirgan. 

Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, kelasi 15 yilda mamlakatdagi o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 80 yilga yetkaziladi. Bugungi kunda bu raqam, 73,5 yilni tashkil etadi.

Top