14:02 / 21.06.2016
8451

O‘zbek dasturchilari "Ur to‘qmoq" o‘yinini ishlab chiqishdi

O‘zbek dasturchilari "Ur to‘qmoq" o‘yinini yaratishdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar qilgan.

O‘yin 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda asosiy qahramon yo‘lgan chiqib, yo‘lidagi barcha tangalarni yig‘ib chiqib laylakning oldiga boradi va "to‘qmoqni" oladi.

Dastur 2D va 3D o‘lchovli aniqlash, o‘zining darajalarini aniqlash, audiofayllarni o‘z ichiga oladi. Unity 2D dasturida yaratilgan "Ur, to‘qmoq" o‘yini shu nomli milliy ertakka asoslangan holda yaratilgan. Bunda asosiy e'tibor milliylikka qaratilib, yoshlarni milliy ertaklar va o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.

O‘yin yanada qiziqarli bo‘lishi uchun ertakdan tashqari obektlardan ham foydalanilgan.

O‘yin o‘zbek dasturchilari Baltabayev Nizomiddin, Mirzayev Avaz va Xalilov Sirojiddin tomonidan yaratildi. Mualliflarga ushbu o‘yin uchun № DGU 03642 raqamli guvohnoma berildi.

Top