13:20 / 22.06.2016
18173

Dog‘istonda jangarilar maktabni yoqib yuborishdi

Dog‘istonning Shamil tumanida mahalliy jinoiy to‘da jangarilari maktabni yoqib yuborishdi. Bu haqda respublika huquqni muhofaza qilish organlari xabar bermoqda.

«Shamillik jinoiy guruh jangarilari umumiy o‘rta ta'lim maktab nazoratchilarini oyoq-qo‘llarini bog‘lashgan va binoni yoqib yuborishgan», — deb ma'lum qilgan manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar qurollangan bo‘lgan.

Voqea oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Top