16:19 / 22.06.2016
5721

Yevro-2016 finalida shu vaqtgacha turnirda g‘olib chiqmagan jamoa o‘ynaydi

Yevro-2016 turnirining guruh bosqichi o‘yinlari yakunlanayotgan vaqtda pley-offda ishtirok etishni hal qilgan jamoalarning raqiblari aniqlanmoqda.

Pley-off setkasining pastki qismidan Italiya, Ispaniya, Angliya, Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rin olishdi. Ular jami 11 marta jahon chempioni va 9 marta Yevropa chempioni bo‘lishgan. Bu jamoalardan faqat bittasi finalga chiqadi.

Pley-offning yuqori qismidan Polsha, Shveytsariya, Xorvatiya va Uels terma jamoalari o‘rin olishdi. Katta ehtimol bilan Portugaliya ham ularning safiga kirishi mumkin. Bu terma jamoalar yirik musobaqalarda g‘alaba qozonishmagan va ulardan faqat bittasi finalga chiqadi.  

Top