07:51 / 22.06.2016
7948

G‘arb OAVlari Trampga "Putin bilan dzyudo soati" shousida ishtirok etishni taklif qilishdi

G‘arb jurnalistlari AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampga televizion biznes bilan shug‘ullanib, "Putin bilan dzyudo soati" shousida ishtirok etishni taklif qilishdi. Muxbirlar siyosatchi Putinga bir necha marotaba o‘z ro‘yxushligini bildirganini va bunda pul qilish vaqti kelganini ta'kidlab o‘tishdi.  

"Ko‘rinishicha, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni tiklashning eng yaxshi usuli Putin Trampga dzyudo bo‘yicha malakalarini ko‘rsatadigan maxsus shou yaratishdir", deb yozmoqda Foreign Policy nashri.

Tramp Rossiya prezidenti haqida bir necha marotaba maqtov so‘zlari aytgan. Yaqindagina u teleefirda Putin yetakchilik borasida Barak Obamadan farqli o‘laroq, "a'lo" bahoga sazovorligini aytgan. Tramp, shuningdek, AQSh-Rossiya munosabatlarini yaxshilab, "Putin bilan chiqishib ketishini" aytgandi.

"U prezident Obamani mutlaqo hurmat qilmaydi. Men u bilan (Putin) gaplashaman, men biz chiqishmaydigan ko‘pchilik dunyo yetakchilari bilan chiqishib ketaman", deb aytgandi Tramp.

Top