14:33 / 22.06.2016
5325

«LUKOYL» O‘zbekistondagi qidiruv va ishlab chiqarishga 5,96 milliard rubl ajratdi

Rossiyaning "LUKOYL" neft kompaniyasi 2016 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi qidiruv va ishlab chiqarish uchun 5,96 milliard rubl (93,549 million dollar atrofida) investitsiya qildi. 

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi qidiruv va ishlab chiqarish ishlariga ketgan kapital xarajatlar hajmi 2015 yilning yanvar-mart oylarida 9,956 milliard rubl (160 million dollar atrofida)dan joriy yilning birinchi choragida 5,956 milliard rublgacha qisqardi (-40,18 foiz).

Hozirgi vaqtda "LUKOYL" O‘zbekistonda uchta loyihani amalga oshirish ustida ishlamoqda. Bugungi kunga kelib kompaniyaning O‘zbekistonda qazib to‘plangan gazi 32 milliard kubometrdan ortdi. 

Kompaniya 2020 yilga qadar O‘zbekistonda bir yilda 17-18 milliard kubometr gaz qazib olishni rejalashtirmoqda.

Top