00:50 / 23.06.2016
4125

AQShda tibbiy sug‘urtalar bilan bog‘liq firibgarliklar milliard dollarga yaqin pulning o‘g‘rilanishiga olib keldi

AQShda 2016 yilda tibbiy sug‘urtalar bilan bog‘liq firibgarliklar byudjyetning 900 mln dollardan ko‘proq ziyon ko‘rishiga olib keldi. Bu haqda AQSh adliya vaziri Loretta Linch matbuot-anjumanida ma'lum qildi.   

"2016 yilda huquq-tartibot muassasalarining tergov harakatlari natijasida 301 kishiga tibbiy sug‘urtalar bilan firibgarliklar bo‘yicha ayblov e'lon qilindi, bu kishilarning harakatlari byudjyetning 900 mln dollardan ko‘proq ziyon ko‘rishiga olib keldi", deb aytdi Linch jurnalistlarga. Taqqoslash uchun, 2015 yilda bunday qoidabuzarliklar bo‘yicha 243 kishini javobgarlikka tortishga muvaffaq bo‘lingan, ular 712 mln dollarning o‘g‘rilanishida ayblangandilar. Linch ushbu yildagi ko‘rsatkichlarni rekord darajadagi deb atadi. 

450 mln dollarga yaqin pul uyda tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida, 225 mln dollar farmatsevtikada o‘g‘rilangan.

Joriy yilda ayblanuvchilar orasida shifoxonalar tarmoqlarining ikki nafar egasi ham bor, ular firibgarliklar oqibatida 36 mln dollarni o‘zlashtirib olganlar. Ularning shifoxonalari nochor giyohvandlarga giyohvand modda berish uchun qalbaki hisoblar yozib bergan. Hujjatlarda esa qimmatbaho tibbiy xizmatlar ko‘rsatilgani aytilgan, aslida esa ular ko‘rsatilmagan.

2007 yildan AQSh hukumati tibbiy firibgarlikka qarshi kurashni kuchaytirdi. Bu modda bo‘yicha bir necha ming kishi hibsga olingan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu odamlar davlatni taxminan 8 mlrd dollarga aldagan.

Top