14:38 / 23.06.2016
3698

«Arsenal»ga o‘tishi kutilgan Vardi «Lester» bilan shartnomasini 4 yilga uzaytirdi

Angliya terma jamoasi hujumchisi Jyeymi Vardi «Lester»da qoldi.

Tomonlar o‘zaro shartnoma muddatini 4 yilga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishgan.

«Jyeymi va biz umid qilamizki, bu bayonot uning ketishi haqidagi gap-so‘zlarga chek qo‘yadi», – deyiladi klub rasmiy saytidagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2016 arafasida bu 29 yoshli futbolchi 20 mln funt sterling evaziga «Arsenal»ga borib qo‘shilishi haqida xabarlar berilgandi.

Manba: Tribuna.Uz

Top