17:25 / 23.06.2016
4826

Grizmann «Atletiko» bilan shartnomani uzaytirdi

«Atletiko» yarim himoyachi Antuan Grizmann bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, Grizman 2021 yilgacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekkan.

«Jamoada qolganimdan xursandman. Har yili kuchliroq bo‘lishga harakat qilaman. Bu uchun menga murabbiy va jamoadoshlarim yordam berishadi. «Atletiko» yuksak maqsadlarni ko‘zlamoqda. Bu uchun bor kuchimni beraman»,- deydi Grizmann. 

Top