17:11 / 23.06.2016
6889

Soxta “elektr nazoratchisi” huquq tartibot idoralari xodimlarining nazariga tushdi

Erkin Komilov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Sergeli tuman elektr tarmoqlari korxonasida usta bo‘lib ishlardi. Aslida xizmat taqozosi bo‘yicha qaralganda, uning faoliyati umuman boshqa bo‘lsa-da, lekin u qonunlarimizni chetga surib, nafs bilan “til topishdi” va mo‘may daromad ishlashni maqsad qildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.

-  Elektr tarmog‘i korxonasidanman. Elektrdan bo‘lgan qarzdorligingiz haqida bildirib qo‘yay, deb keldim, - deya gap boshlagan yigitni uy egasi mulozamat bilan qarshiladi. Chunki qarz yomon, qolaversa, elektr davlat mulki, uni ishlatganlik uchun haq to‘lashdan bosh tortish qonun bo‘yicha javobgarlikni keltirib chiqaradi.

 Xonadon egasini  “2 mln.750 ming so‘m qarzdorga chiqarib, tezda to‘lamasa sudga oshirishi” bilan qo‘rqitadi. Uy egasining xavotirga tushib qolganini payqagan “mehmon” “reja”si ish berayotganligidan quvonib ketadi va “bu masalaning yechimi borligi, faqat isi chiqmasligi kerakligi, 1 mln.100 ming so‘mga ishi hal bo‘lishini, so‘ng kompyuterdan qarzi o‘chirtirib yuborilishini, faqat pulni tez yetkazishi kerakligi”ni aytadi.

Erkin Komilov bu ishi bilan qonun himoyachilari e'tiboriga tushadi. Uy egasidan 600 ming so‘m pulni olgan vaqtida SVOJJDLQK departamentining Sergeli tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

 U sud tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan aybdor topilib, tegishli jazoga tortildi.

Top