14:50 / 24.06.2016
3748

Yaponiya fond bozori Brexit natijasida pasayish bilan yopildi

Yaponiya birjasi ko‘rsatkichlari Buyuk Britaniya referendumi natijalari sabab, keskin pasayib ketgan. 

Jumladan, savdolarning yopilishida Nikkei indeksi 7,92 foizga qulagan yoki 1286,33 punktni yo‘qotib, 14952,02 ni tashkil etgan. Bu 2014 yil oktabridan beri eng past ko‘rsatkichdir. 

Tokioning TOPIX fond indeksi 7,26 foizini yo‘qotgan. U 94,23 punktga tushib, 1204,48 punktni ko‘rsatgan.

Top