15:52 / 24.06.2016
8394

Buyuk Britaniya YeIdan chiqishi tufayli APLning 122 futbolchisi ishsiz qolishi mumkin

Bugun Buyuk Britaniyada aholi o‘rtasida referendum yakuniga ko‘ra, Britaniyaning Yevropa ittifoqidan  chiqishini xohlaydiganlar 52 foizni tashkil qildi. Natijada Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etadigan bo‘ldi.

Bu esa Angliya premer ligasida o‘ynayotgan futbolchilarga ta'sir qilmay qolmaydi.

VVS nashrining xabar berishicha, avvalgi qoidaga ko‘ra Yevropa Ittifoqiga kiradigan mamlakatlardan kelgan legionerlar Britaniyada ishlash huquqini beradigan guvohnomaga ega bo‘lish uchun terma jamoalarining oxirgi 30 foiz o‘yinida qatnashgan bo‘lishi kerak edi. Endi esa bu ko‘rsatkich 45 foiz bo‘lishi kerak. Shu sabab APLda o‘ynayotgan 122 futbolchi mamlakat hududida ishlash huquqidan mahrum etilishi mumkin.

Ular orasida Antoni Marsyal, Ngolo Kante va Yoan Kabay kabi futbolchilarning nomlari ham bor.

Manba: Tribuna.uz

Top