12:37 / 24.06.2016
11124

Devid Kemeron iste'foga chiqishi haqida e'lon qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Brexit bo‘yicha referendum natijalari e'lon bo‘lganidan keyin mamlakat fuqarolariga murojaat qildi. U mamlakatga yangi rahbar kerakligini, 3 oydan keyin iste'foga chiqishi haqida gapirgan.

U shuningdek, referendum natijalari britaniyaliklar hayotiga jiddiy o‘zgarishlar keltirmasligini ta'kidlagan.

Referendum natijalariga ko‘ra, Birlashgan qirollik aholisining saylovda qatnashgan 51,9 foizlik qismi (17 million 410 ming 742 nafar saylovchi) Buyuk Britaniyaning YeIni tark etishini ma'qullab ovoz berdi.

Kemeron Brexit ga qarshi tomon tepasida turardi. U Guardian nashrida e'lon qilgan maqolasida YeIdan chiqish britaniyaliklarning maoshlari miqdoriga ta'sir ko‘rsatishi, shuningdek narxlar hamda soliqlarning oshishiga olib kelishidan ogohlantirgandi.

Top