13:47 / 24.06.2016
2983

Xitoyda yuk mashinasining mikroavtobus bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

24 iyun kuni tongda Xitoyning Xeyluntszyan provinsiyasida yuk mashinasi mikroavtobus bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma'lum qilmoqda.

Baxtsiz hodisa Tan'yuan dahasida, mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da (Toshkent vaqti bilan 6:00) sodir bo‘lgan. Yuu mashinasi ichida 22 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan mikroavtobusga to‘g‘rima-to‘g‘ri borib urilgan. Jarohatlanganlar soni 13 kishini tashkil qilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning barchasi mikroavtobus yo‘lovchilari hisoblanadi. Politsiya yuk mashinasi haydovchisini qo‘lga olgan. Ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top