11:21 / 25.06.2016
4228

Pekinda OISBning birinchi yillik uchrashuvi boshlandi

XXR poytaxti Pekin shahrida Osiyo infratuzilmalar sarmoyasi bankining birinchi an'anaviy anjumani o‘z ishini boshladi. Yig‘ilish, 25-26 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Uchrashuvning ochilish marosimida ishtirok etgan XXR davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Chjan Gaoli so‘zlariga ko‘ra, OISB uchun boshqa moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Uning aytishicha, OISBga a'zo davlatlarning aksariyati, yangi Ipak yo‘li atrofida joylashgani, tashabbusning barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. 

Osiyo infratuzilmalar sarmoyasi banki (Asian Infrastructure Investment Bank)ga 57ta davlat a'zodir. Ular orasida, taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlar ham bor. Bankni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim 2015 yil 29 iyunda imzolangan edi. 

Bank Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Uning nizom jamg‘armasi 100 mlrd dollarni tashkil etib, Xitoy, Hindiston va Rossiya direktorlar kengashida aksar ovozga ega.

Top