17:15 / 25.06.2016
5520

Putin va Si Tszinpin axborot hududida o‘zaro hamkorlikka kelishib olishdi

RF prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Tszinpin, axborot kengliklarini rivojlantirish sohasida o‘zaro aloqa qilish haqidagi bayonotni tasdiqlashdi. 

Shu bilan birga, RF rahbarining Xitoyga tashrifi doirasida, global strategik barqarorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi Rossiya-Xitoy qo‘shma bayonoti ham qabul qilingan. 

Bundan tashqari, RF TIV rahbari Sergey Lavrov xitoylik hamkasbi Van I bilan xalqaro huquq rolini kuchaytirishga doir deklaratsiyani imzoladi. 

Shuningdek, Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vazirligi hamda XXR tijorat vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi ham qabul qilingan.

 

foto: RF/TASS

 

Top