19:36 / 25.06.2016
5830

Uels-Shimoliy Irlandiya. Britaniya derbisi: «God save the queen»!

Bugun Yevropa chempionatida 1/8 final o‘yinlari boshlanadi. Pley-offning ikkinchi bahsi «Park de Prens»da bo‘lib o‘tadi. Angliyalik Mark Klattenburg boshqarib boradigan o‘yinda Uels hamda Shimoliy Irlandiya terma jamoalari o‘zaro bahslashishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Uels terma jamoasi musobaqani B guruhida boshladi va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Garet Beyl jamoasi Slovakiya hamda Rossiyani mag‘lub etdi, Angliyaga esa imkoniyatni boy berdi. Shimoliy Irlandiya mo‘jizaviy tarzda C guruhida uchinchi o‘rinni egalladi. Maykl O'Nill jamoasi Germaniya va Polshaga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa ham Ukrainani mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Ushbu o‘yinni tomosha qilish imkoningiz bo‘lmasa, Tribuna.Uz saytida amalga oshiriladigan matnli translyatsiyani kuzatib boring.

Top