01:06 / 26.06.2016
7435

Anchelotti: “Agar Ronaldu ispan bo‘lganida ikki martalab Yevropa va Jahon chempioni bo‘lardi”

Madridning “Real” jamoasi sobiq murabbiyi Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqqi Portugaliya terma jamoasi g‘alaba qozonishlari kerakligini aytib o‘tdi.

«Ronaldu Portugaliya terma jamoasi uchun juda tashvish chekadi. Siz terma jamoa tarkibida uning mag‘lub bo‘lmaslikka harakat qilayotganining guvohi bo‘lasiz. Men qachonlardir “Real”da ishlaganimda uning eng yaqin do‘stlari o‘zga portugaliyaliklar - Pepe va Fabiu Koentraular bo‘lardi. Agar Ronaldu ispan bo‘lganida u ikka martalab Yevropa va Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan bo‘lardi. Balki undan ham ko‘p.

Portugaliya termasi uchun o‘ynash u uchun alohida mohiyat kasb etadi. U xalqaro darajadagi yutuqlarni qo‘lga kiritishni istaydi. O‘zing o‘ynayotgan mamlakatni esa almashtirishing mumkin emas», — deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan The Telegraph nashri.

Manba: Tribuna.Uz

Top