12:10 / 26.06.2016
7442

Xitoyda avtobus yonib ketishi tufayli 35 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Xunan viloyatidagi shosselardan birida avtobus yonib ketishi tufayli kamilda 35 kishi halok bo‘lgan. RIA Novosti xabariga ko‘ra, yana bir qancha kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki xabarlarda qurbonlar soni 7 nafarligi, yana 21 kishi shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi.

Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, Ijchan uyezdi hududida harakatlanayotgan avtobus yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan va yona boshlagan. Avtobusda jami 56 kishi bo‘lgan.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar hamda tez tibbiy yordam xizmati xodimlari yetib kelib, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatgan.

Top