10:07 / 26.06.2016
5243

«Manchester Siti» Neymar bilan aloqaga chiqdi

«Manchester Siti» «Barselona» jamoasi futbolchisi Neymar bilan jiddiy ravishda qiziqishni boshladi. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, klub vakillari braziliyalik ushbu futbolchining otasi va agenti bilan aloqaga chiqqan.

«Manchester Siti» Xosep Gvardiola boshqaruvida yangi jamoa tuzishgan kirishgan.

Shu tariqa, «Manchester Siti» Neymar uchun da'vogar 3ta grand qatoriga qo‘shildi. Bungacha Neymarni qo‘lga kiritish uchun katta mablag‘lar taklif etayotgan «Real», «PSJ» va «Manchester Yunayted» kabi jamoalar o‘rtasida kurash boshlangandi.

Bundan oldinroq Neymarning otasi bu kurashda «Real»ning g‘olib chiqish uchun imkoniyati deyarli yo‘qligini aytib o‘tgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top