13:51 / 26.06.2016
4916

Mexikoda odamlar tomonidan o‘ldirilgan mamont skeleti bo‘laklari topildi

Meksikalik paleontologlar Mexiko shahri yaqinidagi hududdan 14 ming yil muqaddam yashagan mamont qoldiqlarini topishdi. Mutaxassislarning qayd etishicha, jonivor odamlar tomonidan o‘ldirilgan va bo‘laklarga ajratilgan.

Arxeolog Luis Kordobaning aytishicha, mamont qoldiqlari Tultepek qishlog‘idagi ko‘chalardan biri ostidan, 2 m chuqurlikda aniqlangan.

Aniqlanishicha, jonivor o‘ldirilishdan oldin 20 yoki 25 yoshda bo‘lgan. Uning skeleti deyarli to‘la tiklangan.

Olimlar bu mamont skeletini muzeyga o‘rnatishga umid qilishmoqda.

Bundan oldin ham Meksika hududida ko‘plab mamontlarning skeletlari topilgandi.

Shu vaqtgacha bu mamlakat hududida 50ta mamont jasadi qoldiqlari aniqlangan.

O‘z vaqtida Kolumba mamontlari Amerika qit'asi bo‘ylab keng tarqalgan bo‘lgan.

Top