01:03 / 26.06.2016
9712

Tennischi Mariya Sharapova Garvard biznes maktabiga o‘qishga kirdi

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Garvard universitetining bir qismi hisoblanadigan Garvard biznes maktabiga o‘qishga kirdi. U bu haqda tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

Sharapova ijtimoiy tarmoqda universitetdagi suratini joylashtirib, unga "Bilmayman, bu qanday yuz berdi, biroq Garvard salom! O‘qishni boshlashimni sabrsizlik bilan kutmoqdaman" deb izoh qoldirdi.

Garvard universiteti AQShdagi eng yoshi ulug‘ oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi. May oyida universitet Times Higher Education britan nashri talqini bo‘yicha dunyoning eng nufuzli va obro‘li universitetlar reytingida ketma-ket 6 marotaba 1-o‘rin egalladi. 

Xalqaro tennis federatsiyasi 8 iyunda Sharapovani meldoniy qabul qilgani uchun 2 yilga tennisdan chetlatdi. Shu tariqa Mariya Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. 29 yoshli tennischining o‘zi Lozannadagi Sport arbitraj sudiga arznoma bergan. Sud bu ish bo‘yicha qarorni 18 iyulgacha chiqaradi.

Top