17:37 / 27.06.2016
3250

Belgiya AQShning Suriya va Iroqdagi harbiy havo kampaniyasiga qo‘shildi

Belgiya harbiy havo kuchlarining F-16 rusumidagi 8ta qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari Iordaniyaga uchib ketgan. Ular, AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibida Iroq va Suriyada faoliyat yuritayotgan IShID nuqtalariga havo zarbalari berishda ishtirok etadi. Bu haqda, qirollik mudofaa vazirligi xabar qilgan. 

Belgiya harbiy havo kuchlari so‘nggi jangovar topshiriqni 2014 yil oktabridan 2015 yil iyun oyigacha amalga oshirgan. O‘shanda, byudjyet mablag‘i yetishmasligi sabab, havo zarbalari berish amaliyotiga chek qo‘yilgan edi.

Top