10:30 / 27.06.2016
3844

Bloomberg: Shotlandiya YeIning yangi moliyaviy markazi bo‘lishi mumkin

Buyuk Britaniya parlamenti fikricha, Brexitdan so‘ng, Shotlandiya YeIning yangi moliyaviy markazi bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.

Parlamentning g‘aznachilik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi Mark Garner so‘zlariga ko‘ra, Shotlandiya YeI tarkibida qolib, London o‘rnini egallashi mumkin. 

Garner, Shotlandiya vaziri Nikola Starjyen o‘rnida bo‘lganida mamlakat uchun nima qilishi mumkinligiga oydinlik kiritgan. 

«Men, London vorisi bo‘lish maqsadida moliyaviy xizmatlarni Shotlandiyaga qaratishga harakat qilardim», — degan Garner.

Uning qayd etishicha, Shotlandiya tabiiy zaxiralardan ikki yil muqaddam rejalashtirgan daromadni ololmagan. 

Avvalroq, shotlandiyaliklarning 60 foizi, Buyuk Britaniya YeI tarkibini tark etgach, Birlashgan Qirollikdan chiqishni yoqlayotgani haqida xabar qilingan edi.

Top