11:57 / 27.06.2016
3703

BMT bosh kotibi Yamanda jang qilayotganlarni Ramazon oyi oxirida mahbuslarni qo‘yib yuborishga chaqirdi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 26 iyun kuni Kuvaytdagi Yaman muzokaralari ishtirokchilari oldidagi chiqishi chog‘ida Yamandagi nizo tomonlarini barcha mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi.

"Muzokaralar ishtirokchilari oldida Yaman inqiroziga nuqta qo‘yish uchun tinchlik jarayoniga turtki bo‘lishdek katta mas'uliyat turibdi, barcha mahbuslar va siyosiy asirlar - jurnalistlar, huquq himoyachilari, fuqarolik jamiyati faollarini Ramazon oyi yakunlanishi bilan boshlanadigan Iyd-al-fitr bayramigacha ozod qilish - yaxshi niyatni namoyish qilish uchun shunday tashabbus bo‘la oladi", - deya ta'kidladi Pan Gi Mun. 

U Yaman muzokaralari ishtirokchilari e'tiborini muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishi va mojaroga nuqta qo‘yuvchi keng qamrovli qaror qabul qilinishi uchun Yamandagi BMT maxsus vakili bilan "jiddiy hamkorlik" zaruratiga qaratdi. 

Kuvaytda aprel oyidan buyon Yaman hukumatini qo‘lga olgan "Ansar Alloh" harakati isyonchilari va prezident Abd Rabbo Mansur Hodiy tomonidan tuzilgan mamlakat hukumati o‘rtasida muzokaralar davom etib, unda ular orasidagi harbiy harakatlarga barham beruvchi tayinli natijalarga erishilmadi.

Yamandagi faol harbiy harakatlar o‘tgan yilning mart oyida boshlangan.

 

foto:Google image

Top