23:08 / 27.06.2016
5319

Erdo‘g‘an vakili: Moskva va Anqara munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rishga kelishib olishdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an vakili Moskva va Anqara ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun zarur choralarni zudlik bilan qabul qilishga kelishib olganlarini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Vakilning aytishicha, Erdo‘g‘anning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan xatida Suriyada turk samolyoti tomonidan urib tushirilgan Su-24 samolyotining halok bo‘lgan uchuvchisi oilasi "bizni kechiradi" deb umid qilingan.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Erdo‘g‘an urib tushirilgan samolyot uchun kechirim so‘raganini ma'lum qilgandi.

Turkiya bosh vaziri esa "Rossiya bilan munosabatlar normallashishida" olg‘a siljish borligini aytib o‘tdi.

Top