17:07 / 27.06.2016
8607

Qozoq kurashchilari Olimpiya o‘yinlari oldidan qora uvildiriq bilan boqilmoqda

Qozog‘istonning yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoasi, Rio olimpiadasidan avval, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazdi. U, Olma-otadagi «Tau-Samal» qarorgohida bo‘lib o‘tgan, deb xabar qilmoqda Sports.kz.

Mashg‘ulotlar belgilangan tartibga rioya qilingan holda tashkil etilgan bo‘lsa-da, nashrning yozishicha, unda sportchilarning taomiga ham jiddiy e'tibor qaratilgan. 

Xususan, ozuqaviy quvvati hamda turli vitamin va minerallarga boy bo‘lgan  taomlardan tashqari, meva, quruq mevalar, sut-qatiq mahsulotlari, jumladan losos balig‘ining qora uvildirig‘i ham berilmoqda. 

Bularning bari o‘z navbatida, Rio Olimpiadasida ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishga yordam berishi kerak.

Top