11:21 / 27.06.2016
13386

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qildi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Amerika Kubogi finalida Chiliga mag‘lub bo‘lingach, milliy terma jamoa safida bundan buyon o‘ynamasligi haqida ma'lum qildi.

«Qaror qabul qilindi. Men terma jamoa bilan sovrin yutish uchun juda qattiq harakat qildim. Men bu safar ham omadimiz kelmaganidan juda qayg‘udaman. Men juda muhim penaltini to‘g‘ri amalga oshira olmadim. Mana shunday.

Bu qarorga kiyim almashtirish xonasida o‘tirganimda keldim. Men angladimki, endi terma jamoadagi faoliyatim yakuniga yetdi. Men terma jamoa bilan 4 marta finalda yutqazdim. Jamoa bugun g‘alaba qozonish uchun juda harakat qildi. Men ham… Lekin bo‘ladigan ish bo‘ldi.

Ketyapman, barchaga yaxshi bo‘lishi uchun. Finaldagi mag‘lubiyat hech kimni qoniqtirmaydi axir. Men Argentina bilan chempion bo‘lishni juda ham istagandim, ammo bunga erisha olmadim», – degan Messi.

Manba: Tribuna.uz

Top