08:07 / 27.06.2016
11835

Rep ijrochi 50 Cent Karib dengizidagi davlatda hibsga olindi

50 Cent taxallusi bilan mashhur bo‘lgan AQShlik rep ijrochi Kertis Jyekson 26 iyun kuni Karib dengizining sharqiy qismidagi Sent-Kits va Nevis Federatsiyasida hibsga olindi. Qo‘shiqchi u yerda musiqa festivalida ishtirok etayotgan bo‘lgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlarning ma'lumotlariga ko‘ra, rep ijrochi konsert vaqtida so‘kingani uchun shoudan keyinoq o‘z sheriklari bilan hibsga olingan. Bu davlatda so‘kinish qat'iyan taqiqlangan.

Ma'lum qilinishicha, qo‘shiqchi hozirda politsiya bo‘limida ushlab turilibdi, uning taqdirini sud hakamlari hal qiladi. Avvalgi yillar tajribasiga tayanib aytish mumkinki, qo‘shiqchi bu gal ham jarima to‘lash bilan qutulib qoladi.

Avvalroq shu davlatda xuddi shunday qoidabuzarlik uchun boshqa bir rep ijrochi DMX ham hibsga olingandi. O‘shanda qo‘shiqchi 376 dollar jarima to‘lagach, qo‘yib yuborilgan.

Top