21:36 / 27.06.2016
4081

Shirokov: Mamayev bilan mushtlashganimiz haqidagi xabar - bizning jurnalistlar to‘qigan yana bir safsata

Rossiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Roman Shirokov Yevropa chempionati vaqtida o‘zi va terma jamoadagi safdoshi Pavel Mamayev bilan mushtlashgani haqida tarqalgan xabarni inkor etdi.

Bundan oldinroq bir qator nashrlarda Mamayevning qoshi trenajyordagi mashqlar vaqtida olingan jarohat emasligi, uni Slovakiyaga qarshi o‘yindan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Leonid Slutskiyni haqorat qilgani uchun Roman Shirokov urgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

«Bu bizning sport jurnalistlari to‘qigan navbatdagi safsata. Pavel Konstantinovich mening do‘stim – bu birinchidan. Ikkinchidan, u bilan bir joydanmiz. U bilan hamisha bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab kelganmiz», — deya Shirokovdan iqtibos keltiradi «R-Sport».

 

Top