22:19 / 27.06.2016
5923

Toshkentda «Biz giyohvandlikka qarshimiz» shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi

Toshkentda giyohvandlikka karshi kurashish oyligi doirasida «Biz giyohvandlikka qarshimiz» shiori ostida basketbol, stol tennisi va badminton bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi hamda Toshkent shahar oliy sport mahorati maktabi tomonidan tashkil etilgan musobaqada yuzga yaqin yosh sportchi o‘zaro bahslashdi.

Badminton bahslarida Dmitriy Varzilov, Ivan Barinov, Artem Borisov, Viktoriya Chumak, Sitora Yunusova, Barno Qosimjonova shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, stol tennisi bo‘yicha Samandar Rasulov va Lyubov Abdiyevaga teng keladigani topilmadi.

Basketbol bo‘yicha Toshkent shahar oliy sport mahorati maktabi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.

Top