10:55 / 27.06.2016
6021

Tramp: ommaviy muhojirlik YeIni yo‘q qilishi mumkin

Yevropaga ommaviy ko‘chib kelishlar, nafaqat YeI parchalanishiga, balki yaqin 10 yilda qit'ani tanib bo‘lmas ahvolga keltirishi mumkin. Amerikalik milliarder Donald Tramp Britaniyaning The Times nashriga bergan intervyusida shunday fikrlarni bildirgan. 

"O‘ylashimcha, YeI parchalanadi, - degan siyosatchi. - Albatta, muhojirlar bilan bog‘liq muammo bo‘lmaganida bunday fikrlarni bildirmagan bo‘lardim. Biroq, odamlarning joniga tekkani bois, mana ko‘rasiz, boshqa mamlakatlar ham Britaniyadan o‘rnak oladi".

"Men qochqinlarga yordam ko‘rsatardim, ammo ularni kiritmagan bo‘lardim", degan Donald Tramp.

U, shuningdek, Shotlandiyaning Birlashgan Qirollik tarkibidan chiqishi ehtimoliga oid xabarlarga ham munosabatini bildirgan. Uning fikricha, rasmiy Edinburg bu masalada "ehtiyotkorlik qilgani ma'qul". 

Tramp, Amerika prezidentligiga saylangudek bo‘lsa, Britaniyaning barcha mamlakatlari bilan do‘stona munosabatda bo‘lishini ha ta'kidlagan.

Top