18:08 / 27.06.2016
8921

Ukraina Rossiya elektr energiyasiga muhtoj emas

Ukraina jazirama tufayli elektr energiyasi tanqisligiga duch kelayotgani yo‘q. Shu bois, Rossiyaning elektr energiyasi yetkazib berishiga muhtoj emas, deb bayonot bergan Ukraina energetika va ko‘mir sanoati vaziri Igor Nasalik feysbukdagi sahifasida.

Uning aytishicha, mamlakatda hech qanday energetika inqirozi yuz bermaydi, bundan tashqari, Ukrainada 2 ming mVt tanqislik emas, balki 2,2 ming mVt ortiqcha elektr energiyasi mavjud, shunday ekan, Rossiyaning yordami kerak emas. 

Avvalroq, Ukraina Rossiyadan elektr energiyasi so‘ragani haqida xabar qilingan edi. 
 

Mavzuga oid
Top