15:49 / 27.06.2016
18572

Toshkent shahrida 27 iyun kuni xatmonalar o‘tkaziladigan masjidlar ro‘yxati keltirildi

O‘zbekistonda dini Islomning ustunlaridan biri bo‘lmish ro‘za ibodatini amalga oshirish, xayr-saxovat oyi bo‘lmish Ramazon oyi kechalarida tarovih namozlarini ado etishlik, unda Qur'oni Karimni xatm qilish davom etmoqda. 

Bugun, 2016 yil 27-iyun muborak Ramazon oyining 22-kunidir. Ushbu munavvar kechada ham Toshkent shahrining bir qator jome masjidlarida Qur'oni Karim xatmonasi bo‘ladi, chin ixlos ila duolar qilinadi.

Xususan Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Qur'oni Karim xatmonasi yakuniga yetadi:

1. “Rakat” jome masjidi. (Manzil: Yakkasaroy tumani A.Avloniy ko‘chasi, 20-uy. ) Masjid imom-xatibi - Muhammadiyev Rabbimquli. Qorilar: Qulboyev Jasurbek, Abdullayev Me'rojiddin.

2. “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi. (Manzil: Mirobod tumani, Fayzobod 1-tor ko‘chasi 26-uy.) Masjid imom-xatibi -  Hamdamov Habibulla. Qori: To‘rayev Muhammad.

3. “Dorussalom” jome masjidi. (Manzil: Shayxontohur tumani, O‘zbekiston mahallasi, Qushqo‘ndi ko‘chasi 8-uy.) Masjid imom-xatibi - Jumanov Abdulhamid. Qorilar: Jumanov Muhammadlatif, Rahimjonov Mahmudjon, Rahimjonov Rahmatulloh.

4.“Abdulloh ibn Huzofa” jome masjidi. (Manzil: Shayxontohur  tumani, Eski jar ariq mahallasi, Ko‘ksaroy ko‘chasi 32a-uy.) Masjid imom-xatibi Darvishev Muhtorjon. Qori: Rustamjonov Abdullatif.

5. “Islom nuri” jome masjidi. (Manzil: Shayxontohur tumani, Shofayz mahallasi, Qizilg‘uncha 4-tor ko‘chasi 4-uy.) Masjid imom-xatibi Turdiyev Nurulloh. Qori: Hudoyqulov Jahongir, Ergashev Hoshimjon, Kadamov Suxrob.

6. “Do‘stjonboy” jome masjidi. (Manzil: Olmazor tumani, Paxta mahallasi, Sag‘bon ko‘chasi 9-uy.) Masjid imom-xatibi Otajonov Bahrom. Qori: Madumarov Muhammadamin.

7. “Yunusobod oqtepa” jome masjidi. (Manzil: Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi 127-uy.) Masjid imom-xatibi Mirsodiqov Ziyovutdin. Qori: Obidov Nurulloh, Obidov Karimulloh, Mirzayev Ahmadxo‘ja.


O‘MI Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

Foto:vakillik.uz

Top