20:00 / 27.06.2016
4812

Videobloger dron yordamida Falcon 9 qo‘nishini aks ettirdi

YouTube saytidagi ajw61185 laqabli foydalanuvchi dron va basseyn ko‘magida Falcon 9 raketa-tashuvchisining suvdagi platformaga qo‘nishini qayta sahnalashtira oldi. 

Videolavha muallifi, g‘oyasini amalga oshirish uchun Blade Inductrix 200 kvadrokoptyoridan foydalangan. Videobloger unga Space X kompaniyasi raketasining nusxasini o‘rnatgan. Dastavval, raketa modeliga parvoz vaqtida ochiladigan qo‘nish ustunlari o‘rnatilgan. Basseyndagi platforma esa, shishatolali isitgichdan yasalgan. 

Foydalanuvchi, Falcon 9 modelini o‘z ko‘ngilxushi uchun yasaganini, uni ko‘paytirib, pul ishlash niyati yo‘qligini ta'kidlagan.

Top