17:49 / 28.06.2016
5526

Argentina futbol assotsiatsiyasi bosh murabbiy masalasida qaror qabul qildi

Xerardo Martino Argentina terma jamoasini boshqarishda davom etadi. Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi rasmiy saytida xabar berilgan.

Bundan oldinroq bir qator nashrlarda mutaxassis Amerika Kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan keyin o‘z lavozimini tark etishi haqida xabarlar berilgandi.

Assotsiatsiya saytining ma'lum qilishicha, u terma jamoani Rio-de-Janeyrodagi yozgi olimpiadaga tayyorlaydi.

Martino 2014 yildan buyon Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning rahbarligida jamoa ikki marta Amerika Kubogi turniri finaliga chiqdi, lekin ikki safar ham mag‘lubiyatga uchradi.

AQShda o‘tkazilgan Amerika Kubogi finalida Chiliga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lingach, terma jamoa yetakchisi Lionel Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top