12:50 / 28.06.2016
4781

Neymarning otasi «PSJ»ga o‘g‘li «Barselona»ni tark etmasligini aytdi

«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga o‘tmaydi. Bu haqda futbolchining otasi parijliklar jamoasiga ma'lum qildi

Neymar da Silvaning ma'lum qilishicha, futbolchi Kataloniya klubini tark etmoqchi emas.

Manba xabariga ko‘ra, Neymar ushbu haftaning o‘zida klub bilan shartnomani 2022 yilgacha uzaytarishi mumkin. Uning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga yetadi.

Avvalroq Neymarning otasi o‘g‘lining «Real»ga o‘tish imkoniyatini nolga tenglashtirgandi.

Top