17:21 / 28.06.2016
8728

Peskov: Erdo‘g‘anning maktubida chindan ham "uzr" so‘zi bor edi

Rossiya prezidenti matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskovning ishontirib aytishicha, Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Vladimir Putinga 27 iyun kuni yo‘llagan maktubida chindan ham afsusni ifodalovchi so‘zi ishlatilgan. Bu haqda u jurnalistlarga ma'lum qildi.

Peskov 27 iyun kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyaning urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchuvchisining o‘limi munosabati bilan Vladimir Putinga maktub yo‘llab, bu voqea uchun afsusini bildirib uzr so‘ragani haqida aytgandi. U maktubda turkiyaliklar yetakchisi Turkiya Rossiya bilan munosabatlari butunlay barbod bo‘lishini istamasligi, Moskva Anqaraning strategik hamkori ekani keltirilganini iddao qildi.

"Maktubning turkcha matnida afsusni ifodalovchi va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar bor", dedi Peskov.

"Maktubda faylasuflarcha nozikta'blik yo‘q. Men mutaxassisman. Aynan turkshunosman. Saytga joylangan maktub matnini yana bir ko‘rib chiqishga taklif qilaman. Bu maktub turk tilidagidan aynan tarjima qilingan", deya ta'kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 24 noyabrida Suriya hududida Rossiya Harbiy-koinot kuchlarining Su-24 rusumli bombardimonchi samolyoti turkiyaliklar tomonidan urib tushirilgandi. Turkiya tomoni bu samolyot o‘z havo hududini kesib o‘tganini iddao etdi. Rossiya esa samolyot faqat Suriya hududida bo‘lganini ta'kidladi.

Putin ushbu voqeani "ortdan berilgan zarba" deb atagan va Turkiyaga qarshi keng ko‘lamli iqtisodiy sanksiyalar kiritgan edi.

Shundan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskin sovuqlashdi.

Top