13:54 / 28.06.2016
4594

Peterburgdagi qurilish maydonidagi janjallardan so‘ng 17 muhojir qo‘lga olindi

Rossiya politsiyasi Sankt Peterburg shahrining shimoliy qismidagi qurilish maydonida yuz bergan to‘polondan so‘ng, O‘rta osiyolik 17 nafar mehnat muhojirini qo‘lga olgan. Bu haqda, shahar IIBB xabar qilgan

Politsiya mahkamasiga Kudrovodagi qurilish maydonida ikki guruh kishlar o‘rtasida kelishmovchilik yuz bergani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Huquq posbonlari voqea joyiga yetib borishganda, janjalning aksariyat ishtirokchilari juftakni rostlagan. Shunga qaramay, 17 kishi masalaga oydinlik kiritish maqsadida hibsga olingan. 

Politsiyada qayd etishlaricha, qurilish maydonida ommaviy ur-yiqit sodir bo‘lmagan. Shunga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Hech kim politsiyaga murojaat qilmagan. 

Xabarlarga ko‘ra, dog‘istonlik haydovchi quruvchilardan biriga suv sachratib yuborgani, kelishmovchilikka sabab bo‘lgan. 

Top